JAMOATCHILIK NAZORATI — JAMIYATNING ERTASI
JAMOATCHILIK NAZORATI — JAMIYATNING ERTASI


Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati boʻlmagan yoki jamoatchilik nazorati yetarli darajada kuchga ega boʻlmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvur qilish qiyin. Bu borada hududlarda koʻplab amaliy ishlar bajarilmoqda...

Jumladan, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzolari Baxtiyor Toshpulatov hamda Muzaffar Mamatkulovlar boshchiligida Sharof Rashidov tumani hududida jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Monitoring jarayonida mamlakatimiz Prezidentining 2023 yil 2 maydagi "2023-2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-146-sonli qarori ijrosiga qaratildi.

Tumanning "Xavastlik", "Sovungarlik", "Pastki soʻloqli" va "Nurafshon" mahalla fuqarolar yigʻini hududida ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish hamda aholini doimiy sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashda olib borilgan ishlar oʻrganildi.

Oʻzbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish