Bugun Oʻzbekiston XDP Fargʻona viloyat kengashi tomonidan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi aʼzolari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati"ga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston XDP Fargʻona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi rahbari Zokirjon Zohidov "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati " boʻyicha soʻzga chiqib, Oʻzbekiston oʻzini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olayotganligi, bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yoʻl qoʻymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qoʻllovga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatishi. Oddiyroq aytganda, eng kambagʻal oilaning bolalarida ham sogʻ-salomat oʻsib-ulgʻayib, yaxshi taʼlim olib, farovonlikka erishish imkoniyati boʻlishi kerakligi,bu borada Oʻzbekiston XDP Fargʻona viloyat kengashi va uning barcha darajadagi deputatlik birlashmalari, partiya tashkilotlarining faol ishtirokini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Seminar davomida, xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi rahbari Mirzayev Muhammadjon hamda boshqalar soʻzga chiqib, oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar.
Oʻzbekiston XDP Fargʻona viloyat
kengashi matbuot xizmati