Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi tomonidan Ellikqalʼa tumanida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi OʻzXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.
Xususan, Oʻzbekiston oʻzini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olayotganligi, bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi haqida taʼkidladi.
Seminar davomida, saylovlarda faol ishtirok etgan partiya kuzatuvchilari boʻlgan bir qator partiya faollariga Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi nomidan Faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.
Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston
Respublika Kengashi matbuot xizmati