"Deputatning bir kuni" fuqarolar murojaatlari yechim topmoqda

 

Zarbdor tumanidagi "Shodlik" mahalla fuqarolar yigʻini hududida xotin-qizlar muammolari oʻrganildi.

 

Fuqarolar tomonidan asosan, sogʻliqlarini tiklash uchun moddiy yordam, uy - joy taʼmiri boʻyicha pul mablagʻlari va subsidiyaga tikuv mashinasi ajratilishi boʻyicha murojaat qilindi.

 

Xususan, Mamatova Manzura, Usmonova Umida, Bobobekova Madina, Ummatova Maxfuzalarning murojaati oʻrganildi. Bu boʻyicha tegishli masʼullar bilan gaplashilib, deputat soʻrovi chiqarildi.

 

Boʻston oilaviy poliklinikasining aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha ham oʻrganish olib borildi.

 

Poliklinika hamshirasi Sheraliyeva Gulchehra opaning aytishicha Bolalar emlash xonasiga chaqaloqlar  uchun manej hamda dori-darmonlar uchun maxsus muzlatgich  kerakligi (vaqtincha uy muzlatgichidan foydalanayotganligi aytildi)  ham aytib oʻtildi.

 

Bu boʻyicha masʼullar bilan gaplashib, muammoni yechish choralari koʻriladi.

 

Oʻzbekiston XDP Jizzax viloyat

kengashi matbuot xizmati

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish