Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati
Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati

 


Oʻzbekiston XDP Toshkent tuman kengashi hamda deputatlik guruhi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamkorligida "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya"ning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha tadbir tashkil etildi.

Deputatlar tadbir ishtirokchilariga Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʻzgartishlarga toʻxtalib,1-moddasidayoq Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinganligi, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar 3 barobarga ortganligi, nogironligi bor bolalarning oʻz tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi, inkluziv taʼlim sifatida Konstitutsiyaga kiritilganligi hamda bu yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi, fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishi, sud-huquq sohasidagi kiritilgan normalar boʻyicha kerakli va toʻliq maʼlumotlar berishdi.

Seminar davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Seminar soʻngida partiya faollari OʻzXDP Markaziy Kengashi raisi nomidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat
kengashi matbuot xizmati

Teglar

Faxriy Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Faollarimiz davlat boshqaruvida Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish