Nogironlik aravachasi topshirildi
Nogironlik aravachasi topshirildi

 

Xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzosi, deputat Umarova Shaxnoza Mirzaxidovna oʻz okrugi hududidagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz istiqomat qiluvchi pensioner va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Mehr ulashaylik" loyihasi doirasida elektorat vakillari bilan uchrashdi.

Xususan, deputat tomonidan Qorasuv 4-daha, 2-uy, 7-xonadonda istiqomat qiluvchi 1- guruh nogironligi boʻlgan fuqaro Nilufar Akramovaga nogironlik aravachasi olib berildi.

Albatta, keksalar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlariga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish, mehr-muruvvatga, gʻamxoʻrlikka muhtoj bunday fuqarolarning salomatliklarini tiklash, bepul dori-darmon, protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash, sharoitlarini yaxshilash masalalari doimiy eʼtiborda boʻlishi zarur.

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish