Uyma-uy loyihasi doirasida tadbir
Uyma-uy loyihasi doirasida Oltinsoy tumanidagi “Obshir” mahallasida Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va salomatligi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari R. Mirxoliqova, viloyat Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Xidirova, tuman hokimi o‘rinbosari, partiyamizning faol a'zosi M. Xidirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari “Obshir” mahallasidagi ayollar bilan suhbatlashishdi. Salomatlikni asrash, ozodalik, gigienaga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini o‘tkazishdi. Har-bir oilaga irdividual yondashilib, tavsiyalar hamda takliflar berildi.