O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi arafasida Qamashi tumani Mang‘it mahallasida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi a’zosi Lola Saodatova tashabbusi bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Ma’rifat oqshomi” o‘tkazildi.
Unda partiyamiz faoli, viloyat hokimining o‘rinbosari Komila Karomova, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Sharofat Ashurova, Momoxol Elmurodova, Temirpo‘lat Tillayev, tumandagi ijodkorlar, faollar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan yangi kitob taqdimotlari, ijodkorlarning yoshlar bilan uchrashuvi, milliy qadriyatlar aks etgan ko‘rgazmalar o‘rin oldi.
Shuningdek, ijodkorlar mahallada olib borilayotgan ishlarni kuzatishdi. Tarixiy va diqqatga sazovor joylarga borib, Mang‘it tarixi haqida yozilayotgan kitobga ma’lumotlar to‘plashdi.