Konstitutsiya farovonlik poydevori

 

O‘zbekiston XDP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat, tuman kengashi deputatlari, BPT raislari va saylovda faol ishtirok etgan partiya kuzatuvchilari ishtirokida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda viloyat kengashi deputati M. Norxonov va Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashi kotibiyat mudiri X. Yunusovlar ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilgan yangi moddalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdilar. Yakunda partiya kuzatuvchilariga Markaziy Kengash raisining faxriy yorliqlari bilan birgalikda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish