Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari ta’minlanishiga ko‘maklashilmoqda
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari ta’minlanishiga ko‘maklashilmoqda

 

O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining Xorazm viloyat hududiy bo‘limi tomonidan viloyatdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan tez-tez uchrashuvlar o‘tkazilib, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Muloqotlarda yurtimizda nogironligi bor shaxslarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar atroflicha tushuntirilib, ularning huquqiy savodxonligini oshishiga ko‘maklashilmoqda.

Bu boradagi ishlar XDP deputatlari, faollarining doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lib, zarur hollarda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.


O‘zXDP Xorazm viloyat kengashi deputati S. Abdukarimova nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Nogironlar jamiyati”, “Ko‘zi ojizlar jamiyati” tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil qildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish