Jamoatchilik nazorati o‘rnatildi
Jamoatchilik nazorati o‘rnatildi

 

Nukus xalqaro aeroportida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy tadbir tashkil etilib, unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar o‘rganildi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston hakamlik sudi assotsiatsiyasi, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi, O‘zbekiston karlar jamiyati singari tashkilotlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Nukus shahri bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida fuqarolar o‘rtasida savolnoma to‘ldirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish