Uch avlod uchrashuvi
O‘zbekiston XDP Xalq deputatlari Nishon tumani kengashi deputati X. Davronov, partiya faoli X. Maxsimovlar tashabbusi bilan “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Nishon tumani Nuriston shaharchasida joylashgan Harbiy qismda va Amir Temur Madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Dastlab harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Harbiy qismda joylashgan kutubxonalar, san’at va adabiyot xonalari yoshlarga tanishtirildi. Yoshi katta nuroniylarimiz bosib o‘tgan yo‘l, ularning hayot, ish tajribasi haqida suhbatlashildi.
Mustaqillik sharofati tufayli erishilgan yutuqlar, oldinda turgan vazifalar va bu vazifalarni bajarishda yoshlarning o‘rni, mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.