Deputatlar parlament nazoratini olib borishmoqda
Deputatlar parlament nazoratini olib borishmoqda

 

Joriy yilning 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Farg‘ona viloyatida hamda 10-11 avgust kunlari Buxoro viloyatida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalarni hududlarda bajarilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhi a’zolari Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘lishdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari - U. O‘razboyev, Z. Arkamova, M.O‘rozaliyevalardan iborat ishchi guruh hududlarda monitoring olib bormoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish