Mustaqil yurtning faol ayollari
Mustaqil yurtning faol ayollari

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan «Mustaqil yurtning faol ayollari: huquqiy va ijtimoiy asoslar» mavzusida davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan davra suhbati o‘tkazildi.

“Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi a’zosi D. Mamadjanova, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, Farg‘ona viloyati oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulchehra Jo‘rayeva, viloyat IIB FMB mas’ul xodimi Dilshoda O‘rinova, O‘zXDP mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ishtirokchilarini avvalo yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklab, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning ahamiyati hususida to‘xtalib o‘tildi. Islohotlar, yangilanishlar va demokratik jarayonlarning barchasi xalqimiz hayoti va turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganligi, hozirgi tezkor davrda o‘tayotgan har bir kunimizdan unumli foydalanishimiz, har bir kun kelajagimiz uchun poydevor ekanligi, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, ularning haq-huquqlari haqida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv so‘nggida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish