“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”

 

Xalq deputatlari Nishon tumani kengashi deputati X. Davronov, O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyati kengashi faoli Lola Saodatova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan harbiy qism xizmatchi va oila a’zolari ishtirokida Nuriston qo‘rg‘onida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda mustaqillik yillarida tumandagi ijobiy o‘zgarishlar, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, oila va farzand tarbiyasi, qabul qilinayotgan qonun, huquqiy normativ hujjatlar va ularda belgilangan ayollar huquqlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish