Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan «Yorqinboychek» mahalla fuqarolar yig‘inida «Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP viloyat va tuman kengashi mas’ul xodimlari, Yoshlar parlamenti a’zosi Xusniddin Abduqahharov, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Gulbahor Inamjonova, 47- MTT tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari hamda mahalladagi ayollar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan, tuman kengashi raisi Abdullajon Qodirov, viloyat partiya kengashi sektor mudiri Sarvinoz Eshaliyeva, yoshlar parlamenti a’zosi Husniddin Abduqahharovlar yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy qutlab, ularga mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va demokratik jarayonlarning barchasi xalqimiz hayoti va turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganligi, hozirgi tezkor davrda o‘tayotgan har bir kunimizdan unumli foydalanish zarurligi va keng bunyodkorlik ishlari haqida gapirib berdilar.

Madaniy va ma’rifiy tadbirda 47- MTT tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish