Istiqlol belgilab bergan yoʻl
Istiqlol belgilab bergan yoʻl

 

Mustaqillik bizga iqtisodiyotimizni yaxshilash, shu muqaddas zaminda yashovchi har bir oila va har bir insonning farovonligini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga oʻrganishi, oʻziga ishonchining orta borishidir. Taraqqiyot taqdirini maʼnaviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati maʼnaviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak.

Kuni kecha Oʻzbekiston XDP Vobkent tumani kengashi raisi Mansur aka Xayrullayev tumandagi "VIP TEXTILE-2020" masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida tadbir tashkil etdi.

2020 yilda tashkil topgan ushbu korxona Sariosiyo mahallasida joylashgan. Masʼuliyati cheklangan jamiyatda Zebiniso Saidova rahbarlik qiladi. Qoʻl ostida 60 nafardan ziyod ayol qizlar (40 nafari yoshlar) tikuvchilik bilan shugʻullanadi. Joriy yilda 50 ming AQSH dollariga ayollar koftasi tikilib Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. Tumanning Changaron mahallasida ham ushbu korxonaning filiali ochilib 100 nafar xotin-qizlarni ishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etgan korxonaning 2 nafar xotin-qizlari partiya aʼzoligiga qabul qilindi, faol partiya aʼzolariga partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish