Mustaqillik yoshlar nigohida
Mustaqillik yoshlar nigohida

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan “Mustaqillik yoshlar nigohida” mavzuidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish an’ana tusini oldi.

Shunday tadbirlardan biri A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. O‘zXDP Samarqand shahar kengashi, Respublika ma’naviyat targ‘iboti markazi Samarqand shahar bo‘linmasi va Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mahallalar yoshlar yetakchilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar, Mustaqillik yillarida yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarning chuqur bilim olishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari xususida fikr yuritishdi. O‘zXDPning Nizomi, harakat dasturi, maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, hozirgi vaqtda O‘zXDP Samarqand shahar kengashida 2257 nafar a’zolar bir maqsad atrofida jipslashgan bo‘lib, mavjud 44 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan yurtimiz taraqqiyoti, vatanimiz ravnaqi yo‘lida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Partiya a’zolarining aksariyati xotin-qizlar va yoshlardan iborat.

Yig‘ilish so‘ngida 50 nafarga yaqin yoshlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish