Joriy yilning 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Farg‘ona viloyatida hamda 10-11 avgust kunlari Buxoro viloyatida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalarni hududlarda bajaralishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Do‘stlik tumanida bo‘lishdi.
O‘.O‘razboyev, Z.Akramovalardan iborat ishchi guruh a’zolari Xalq deputatlari tuman Kengashlari bilan birgalikda “Jizzax suv ta’minoti" MCHJ tuman filialida bo‘lishdi. “Chinobod” mahallasida olib borilayotgan kanalizatsiya tizimi qurilishi bilan tanishishdi.
Shuningdek, “Oltin vodiy” mahallasidagi 7-sonli umumta’lim maktabi hamda 6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
O‘rganish davomida mavjud muammolar aniqlandi va yechimi yuzasidan takliflar ham olindi.