Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush arzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, sog‘lom avlod – yurt kelajagidir.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi, G‘allaorol tuman kengashi va Jizzax viloyat «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda 8-son oilaviy poliklinikada «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida hududlarda, ayniqsa qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Akusher-ginekolog, okulist, pediatr, UTT tekshiruvlari o‘tkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga qandli diabet, qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari bor bemorlar, homilador ayollarga vitamin komplekslar, qonni suyultiruvchi preparatlar va maxsus ko‘zoynaklar bepul va beminnat tarqatildi.

Xayriya yordami ko‘rsatilgan aholi soni 150 nafardan ortiq bo‘lib, ular keksa yoshdagi va tug‘ish yoshidagi ayollar, bolalar, erkaklar va nogironligi bor fuqarolardan iborat. Maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, kasalligi aniqlangan bemorlarga shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish