Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 252-sonli Qaroriga ko‘ra, 12 turdagi subsidiyalar fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan berilishi belgilangan.
Ushbu subsidiyalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularning o‘zini-o‘zi band qilishi va doimiy daromadga ega bo‘lishlari maqsadida berilishi nazarda tutilgan.
Xususan, Sariosiyo tuman hokimligi binosida tuman hokim Abduqodir Donayyev boshchiligida, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 20 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolarga deputatlar va hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.