Partiya elektorati vakillari doimo e’tiborda
Partiya elektorati vakillari doimo e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashida O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov, “O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi rahbari Jabbar Narbayev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi mas’ul xodimlari, “O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov tomonidan partiya dasturiy maqsad va vazifalari, partiya elektorati vakillari bo‘lgan nogironligi bor shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida partiya kengashlari va deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi rahbari Jabbar Narbayev hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, joylarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni hamkor tashkilotlar va partiya kengashi bilan birgalikda o‘rganilganligini va tegishli taklif va tavsiyalar berilganligini ta’kidladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan takliflar bildirilib tegishli vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish