O‘zbekiston XDP Namangan viloyat hamda shahar kengashlari tomonidan Namangan muhandislik qurilish instituti 1-talabalar turar joyi tadbirlar zalida “Qonunchilik yoshlar nigohida” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan izchil islohotlar, aholiga huquqiy ko‘mak olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar hayotida, ayniqsa talabalar uchun zarur bo‘ladigan huquqiy bilimlar va qonun hujjatlari haqida hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iboratligi, Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar, Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish, Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Tadbir so‘nggida O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekanati xodimlariga yaqindan hamkorlik hamda yaqinlashib kelayotgan “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.