O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi, Nukus tuman Kengashi va Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan «Uyma-uy» loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida Nukus tuman Kengashi mas’ul xodimlari «Ko‘ktao‘» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, «Ayollar daftari»ga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan Gulmira Ulmambetova, Ziyba Abdullayeva, Miyrigul Qallibekova holidan xabar olindi. Fuqarolarning muammolarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘rganishlar davomida «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turgan ish bilan ta’minlanmagan fuqaro Amangul Begjanova va Aymixan Allambergenovalar «PIRMAN USTA» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirildi.