Bizning safimizda bo‘l

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, partiya safi va tizimiga jalb qilish maqsadida “Bizning safimizda bo‘l!” shiori ostida yoshlar forumi o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, Konstitutsiyamizda, Prezidentimizning qaror va farmonlarida yoshlarga qaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Forum doirasida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini va sport musobaqalari tashkil etildi.

Shuningdek, partiya safiga yangidan qabul qilingan yoshlarga partiya guvohnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Yoshlar forumining badiiy qismida Nukus madaniyat bo‘limi san’atkorlari va Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish