Namangan shahrida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlashda mahallalardagi hokim yordamchilari hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi o‘rtasida yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ular mahallalarda bamaslahat va hamkorlikda ish olib borib, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.
O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan Namangan shahar “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda “Ayollar bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston XDP viloyat va shahar kengashi mas’ullari, monomarkaz tikuvchi-dizayneri, modelyer Lutfiya Qoraboyeva mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar va ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Shuning bilan birga, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvida faolligi oshganini qayd etildi.
Uchrashuv davomida Chinor MFY da yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan Surayyo Beknazarova 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan ota hovlisida yashayotganligi sababli uy-joy olishida hamda tibbiyot kollejiga o‘qishga kirishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat Namangan shahar kengashi raisi tomonidan nazoratga olindi.