Nazorat ijrosi to‘la ta’minlanmoqda
Kuni kecha, Uchtepa mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman Suv ta’minoti, Soliq inspeksiyasi bo‘limlaridan ham mutaxassislar ishtirok etishib, qilinishi kerak bo‘ladigan ishlar rejalashtirilib olindi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi ham mahalla raisi sifatida Muxtor Ilhomov o‘z jamoasi bilan birgalikda barcha topshiriqlarni ijrosi nazoratda ekanligi hamda 9 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha o‘z hisobotini va tavsiyalarini berishdi.
Qolaversa, mahalla mas’ullari tomonidan haftaning har shanba kuni mahalla idorasida qabul kuni bo‘lishiga kelishib olishdi.