Onalik va bolalik muhofazasi — doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi — doimiy e’tiborda

 

Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, sog‘lom avlod – yurt kelajagidir.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi, Paxtakor tuman kengashi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida tumandagi oilaviy poliklinikada «Onalik va bolalik muhofazasi — doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida hududlarda, ayniqsa qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida aholiga tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Akusher-ginekolog, xirurg, nevropatolog, okulist, pediatr, UTT tekshiruvlari o‘tkazilib, qandli diabet, qalqonsimon bez faoliyati buzilishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va to‘g‘ri ovqatlanish haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, kasalligi aniqlangan bemorlarga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, o‘rganish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish