Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

 

O‘zbekiston XDP Xiva shahar kengashi tomonidan «O‘zbekiston – 2030 strategiyasi»da belgilangan yo‘nalishlardan kelib chiqib, «Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat» shiori ostida «Qibla tozabog‘» mahallasida davra suhbati tashkil qilindi. Unda asosiy e’tibor oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirishga qaratildi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga psixologik yordam ko‘rsatish, oilalarda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar haqidagi uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazildi.

Endilikda ushbu qo‘llanmalarda berilgan tavsiyalardan foydalangan holda partiyamiz faollari mahallalarga yanada chuqurroq kirib borib, oilalar bilan ishlashda, milliy qadriyatlarni rivojlantirish, xotin-qizlarning huquqiy saviyasini oshirish kabi masalalar bo‘yicha «mahallabay», «fuqarobay» ish olib borib, hamkorlikdagi faoliyatni yanada yaxshilashga harakat qilishadi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish