Qonunchilik yoshlar nigohida
Partiyamizning ushbu loyihasi bo‘yicha Mirzacho‘l tumani Kengashi tomonidan Mirzacho‘l kasb-hunar maktabi yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
XDP faollari F. Mahmudova, I. Fayziyeva, T. Turapovlar yoshlarimizga davlatimiz rahbarining so‘nggi yillardagi farmon va qarorlari mazmuni, ularning yoshlarimiz hayotida tutgan o‘rni haqida tushuntirib berdilar.
Shuning bilan birga faol yoshlar o‘zlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlardan foydalanib, erishgan yutuqlari to‘g‘risida gapirib berdilar va tengdoshlarini faollikka chaqirdilar.