Partiyamiz faollari taqdirlandi
Partiyamiz faollari taqdirlandi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumki, joriy yilning 11-sentabr kuni jamiyat va davlat uchun muhim hujjatlarning biri, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Strategiyada mamlakatimizda kelgusi yetti yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlarning aniq, rejali va konseptual dasturi bayon etilgan.

Tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi, shundan so‘ng “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan strategiyada belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilinishida faol ishtirok etgan, o‘z takliflari va loyihalari bilan qatnashgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Maxmud Yesengeldiyev va Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi Taxir Doshekenovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish