Murojaatlar joyida hal etilmoqda
Xalq deputatlari G‘uzor tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari tomonidan «O‘zbekiston-2030» strategiyasi vazifalari ijrosi yuzasidan tumandagi «Jarariq» va «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inlarida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar holidan xabar olindi.
Fuqarolar bilan suhbat jarayonida xotin-qizlar davolanishlari uchun moddiy yordam, uy-joyni ta’mirlash hamda suyultirilgan gaz balonlari olishda deputatlarga murojaat qilishgan. Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Nogironligi bo‘lgan, moddiy yordam so‘ragan F. Ravshanovaning murojaati esa deputatlar nazoratiga olindi.