Qaror ijrosi doimiy komissiya muhokamasida

 

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Arnasoy tuman kengashi kotibiyatida kengashning talim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ishlashini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishi ustidan deputatlik nazorati, ya’ni mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi M. Boboyeva, viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i I. Hamidov, tuman xokimi o‘rinbosari G.Haydarovalar qatnashib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Ushbu masalani tuman kengashining oktabr oyida o‘tkaziladigan sessiyasiga kiritishga qaror qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish