Deputat bilan yuzma-yuz loyihasi
Deputat bilan yuzma-yuz loyihasi

 

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Donoxon Mahmudova “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida o‘zi saylangan “To‘xtagul” okrugidagi Ko‘tarma mahallasida bo‘ldi.

Uchrashuvda aholining murojaatlari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, “Yashil makon” boshqaruv servis kompaniyasining hisoboti eshitildi.

Hisobot muhokamasi mahalla fuqarolari orasida munozaralarga olib keldi va hisobot qoniqarsiz deb topildi. Mahalla hududi kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish