Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Chimboy tuman kengashi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

40 nafardan ziyod ayollar va bolalarning salomatligi tekshirildi. Tibbiy ko‘rik natijasiga binoan 5 nafar ayolga bepul dori-darmon, 2 nafar ayolga hamda 1 nafar bolaga tuman tibbiyot birlashmasida davolanishi uchun bepul yo‘llanma berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish