Vazifalar ijrosi tanqidiy va tahliliy o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi tomonidan Andijon viloyati, Bo‘ston tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshlang‘ich partiya tashkilotida partiyaning g‘oyalari, maqsadlari va vazifalarini targ‘ib qilish hamda partiya boshlang‘ich tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy va tahliliy o‘rganildi.

Shuningdek, yig‘ilishda partiya elektorati vakillarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi va mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar yechimi yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga 21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan qabul qilingan qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish