Yoshlarning takliflari olinmoqda
Yoshlarning takliflari olinmoqda

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi Yoshlar sektori tomonidan Jizzax politexnika institutida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi o‘tkazildi.

Talabalar bilan uchrashuv chog‘ida Konstitutsiya Qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ushbu qonun qabul qilingach, saylov tizimida qanday o‘zgarishlari bo‘lishi nazarda tutilayotganligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Bu orqali yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish bilan birga ularning takliflari olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish