Qonunchilik yoshlar nigohida
Qonunchilik yoshlar nigohida

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Farg‘ona filialida «Qonunchilik yoshlar nigohida» loyihasi asosida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyati kengashi rahbari Z. Zohidov kirish so‘zi bilan ochib, «O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mazmun-mohiyati hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiya haqida yoshlarga ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ham suhbatlashib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida bir guruh faol yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish