O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tomonidan “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihasi asosida tuman Bolalar shifoxonasida onalar va bolalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda tumandagi “Toshkent”, “Xalqlar do‘stligi”, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ayollar va ularning farzandlari malakali shifokorlarning chuqurlashtirilgan ko‘rigidan o‘tishdi.
Ko‘rik davomida Kitob tuman partiya kengashi raisi, deputat Z.Norova hamda pediatr shifokor sog‘lom turmush tarziga amal qilish, dori vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, mavsumiy kasalliklarning oldini olishda emlashning o‘rni, onalik va bolalik muhofazasi davlatimiz tomonidan doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidlashdi.
30 nafar onalar va bolalar ishtirok etgan ko‘rikda mavsumiy kasalliklar bilan og‘rigan 2 nafar bolaga tuman Tibbiyot birlashmasiga yo‘llanma berildi.