Faoliyat sarhisob qilinmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan partiya tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining mamlakatimizda demokratik islohotlarni mustahkamlash, kuchli fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etildi.

O‘tgan davr mobaynida viloyat, tuman va shahar partiya kengashlarining boshlang‘ich partiya tashkilotlari hamda partiyadan saylangan deputatlar bilan aloqasi mustahkamlandi. Xalq dardiga quloq tutish, ularning muammolarini o‘rganishda birgalikda faoliyat olib borilmoqda. Joylarda jamoatchilik va deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

Tadbir yakunida bir guruh faxriylar va partiyaning jonkuyar a’zolariga O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining tashakkurnomalari hamda viloyat partiya kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy
← Roʻyxatga qaytish