Fikr-mulohazalar tinglandi
Fikr-mulohazalar tinglandi

 

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U. O‘razboyev, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi kotibiyati mudirlari, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Muhokamalarda yoshlar, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari va siyosiy partiyalar vakillari, umuman Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jamoatchilik muhokamalari davomida qonun loyihasi yuzasidan 400 ga yaqin taklif-mulohazalar kelib tushgan.

Davra suhbatida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

 

 

 

Teglar

Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish