Deputat mahallada
Deputat mahallada

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari Z. Abdullayeva va S. Gichgeldiyevalar «Deputat mahallada» loyihasi doirasida To‘rtko‘l tumani “Oqboshli” ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi 408-sonli qarori asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va yangidan qurilayotgan suv inshootining qurilish ishlari bilan tanishildi.

Saylovchilar tomonidan deputatlarga hududlarda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, takliflar bildirishdi. Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarilishini ma’lum qilishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish