Sayyor qabulda murojaatlar tinglandi
Xiva tumani Kengashi raisi S. Mahmudova va Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati G. Sattarova "Pishkanik" MFYda navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida kredit olish, tadbirkorlik, moddiy yordam olish, salomatlikni mustahkamlash, yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal bo‘ldi. Ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.