Kasbilik Ahrorga uy sovg‘a qilindi
Kasbilik Ahrorga uy sovg‘a qilindi

 

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-avgustda “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilingan edi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani “Sohibkor” mahallasida istiqomad qiluvchi Ahror Akramovga "Mehr daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 xonali xonadon tantanali ravishda topshirildi. Marosimda tuman hokimi o‘rinbosari B.Eshonqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi "Xalqparvar" doimiy komissiyasi a’zolari, nuroniylar, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xonadon 12 turdagi zaruriy uy jihozlari - gilam, stol-stul, muzlatgich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlangan.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish