Deputatlar nazorat-tahlil o‘rganishlarini olib borishdi
Deputatlar nazorat-tahlil o‘rganishlarini olib borishdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D. Mamadjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Sh. O‘ktamovlar Namangan viloyati misolida mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘idan tushadigan soliqlar hisobiga «Mahalla budjeti»ni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishdi.

Tumandagi “Churtuk”, “Quvurboshi”, “Yorkatoy”, “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inlariga borildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari bilan suhbatlashilganda, joriy etilgan amaliyot muammolarni mahallaning o‘zida bartaraf etish imkoniyatini yaratishini ta’kidlashmoqda. Bundan tashqari, soliq tushumlarini bajarishda MFY mas’ullarining majburiyatlari oshganligi, soliq tushumlarining o‘z vaqtida bajarilishiga zamin yaratmoqda.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizini mahallalardagi jamg‘armalarga o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlardagi nomutanosibliklar yuzaga kelganligi, jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish va yo‘naltirish tartib-tamoyillari, umumiy mablag‘ni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimot qilish yo‘riqnomasi, nizomlarini ishlab chiqish zarurati mavjudligi aniqlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish