“Strategiya-2030” targ‘ibot tadbiri

 

O‘zbekiston XDP Xiva shahar kengashi deputati Leninza Atajanova va Norgul Karimbayevalar tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsad va yo‘nalishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuv Xiva shahridagi 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi va unda maktab jamoasi, pedagoglari ishtirok etdi.

Muloqotda L. Atajanova, N Karimbayevalar strategiyaning xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish borasida belgilangan maqsadlar haqida batafsil tushuntirib berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish