Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!
Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘ng‘irot tuman kengashi tomonidan 48-sonli maktabda “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda oilada sog‘lom muhitni yaratish, farzand tarbiyasi, har qanday vaziyatlarda yoshlar bilan ota-onalarning munosabatlarini yanada yaxshi tomonga o‘zgartirishga ko‘maklashuvchi usullar va xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi nufuzini oshirish masalalari muhokama etildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘ng‘irot tuman kengashi raisi G. Baltabayeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan ma’lumotlar berib, oila va jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni asrash, e’zozlash, farzand tarbiyasida, oila mustahkamligini ta’minlashda ayolning, onaning o‘rni beqiyosligi haqida aytib o‘tdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish