Muammolar yechimi to‘liq nazoratga olindi
Muammolar yechimi to‘liq nazoratga olindi

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati N. Xolmatov va O‘zbekiston XDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari M. Boboyevalar Arnasoy tumani "Chinobod" MFYda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ishlashini to‘g‘ri tashkil etish holatini o‘rganish maqsadida fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.

Maqsad kam ta’minlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlash, ularga bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ga kiritilgan aholi ro‘yxatlarini yangilab borish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va reyestrdan chiqarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va ularga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlash shartlari qonuniyligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishi yuzasidan holis baho berishdan iborat.

O‘rganish chog‘ida fuqarolar muammolari tinglandi, uni tahlil qilish va yechimini topish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib, ijrosi to‘liq nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish