Proporsional saylov tizimida gender tenglik
Proporsional saylov tizimida gender tenglik

 

Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun hamda proporsional saylov tizimida gender tenglikni ta’minlashda eng muhim jihatlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi U. O‘razboyev, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Shuhrat Sulaymanov, Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, Jizzax Politexnika instituti o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Shuningdek, Qonun loyihasi bilan bir mandatli saylov okruglarida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanishi, ya’ni mutlaq ko‘pchilik emas, balki nisbiy ko‘pchilik ovoz bilan deputatlar saylanishi takliflari ma’qullandi.

Uchrashuvda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish