Tibbiy ko‘rikda tibbiy madaniyat oshirildi
Tibbiy ko‘rikda tibbiy madaniyat oshirildi

 

O‘zbekiston XDP Forish tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ra’no Daulonova ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasida «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi asosida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ayollar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida tumandagi mutaxassis shifokorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollar, bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Tibbiy ko‘rik davomida salomatlikni asrash va muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyaviy fikr-mulohazalar ham bildirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish